Jahon | 20:35 / 02.08.2018
10389
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Kim Chen Indan navbatdagi maktubni oldi

AQSh prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni KXDR rahbari Kim Chen Indan yangi maktub oldi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders ma'lum qildi. Ammo u maktub mazmunini oshkor qilmadi.

"Birinchi avgust kuni prezident Kimdan prezident Trampga maktub keldi. Rahbarlar o‘rtasida davom etayotgan maktub almashishlar ularning Singapurdagi uchrashuvlarini rivojlantirishga xizmat qiladi va Amerika-Shimoliy Koreya bayonoti doirasida olingan majburiyatlarning bajarilishiga qaratilgan", - dedi Sanders.

Avvalroq Donald Tramp Twitter’da KXDR rahbari Kim Chen Inga Koreya urushida halok bo‘lgan amerikalik harbiylar hokining topshirilishi munosabati bilan minnatdorlik bildirgan va u bilan yangi uchrashuvni "sabrsizlik" bilan kutayotganligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, 12 iyun kuni Singapurda yuqori darajadagi AQSh-KXDR uchrashuvi bo‘lib o‘tgan, Donald Tramp va Kim Chen In uchrashuvning yakuniy hujjatini imzolagandi. Hujjatga ko‘ra Pxenyan Koreya yarimorolini to‘liq yadrosizlantirishga tayyorligini e'lon qilgan, AQSh esa KXDRga xavfsizlik kafolatini berish majburiyatini olgandi.

Mavzuga oid