Jahon | 09:26 / 04.08.2018
4631
1 daqiqa o‘qiladi

Advokat: Julian Assanjning sog‘lig‘iga doimiy ravishda ziyon yetkazishmoqda

Foto: EPA-EFE/FACUNDO ARRIZABALAGA

WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Juliana Robinsonning ma'lum qilishicha, mijozi sog‘lig‘idan xavotirda bo‘lib turibdi. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Assanjning sog‘lig‘iga doimiy ravishda «zarar yetkazishmoqda».

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, yuristlar Assanj uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish imkoniyatini tashkil etmoqchi.

Robinsonning qayd etishicha, Assanjning «bir kishilik qamoqda bo‘lishi» sog‘lig‘iga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Assanj Ekvadorning Londondagi elchixonasini tark etmoqchi ekani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid