WikiLeaks asosçisi Julian Assanj Londondagi Ekvador elçixonasini tark etişga tayyor, u bu yerda 2012 yildan beri yaşirinib kelmoqda. Bu haqda Bloomberg vaziyatdan xabardor ikki manbaga asosan xabar berdi.

Agentlikning ma'lumotlariga köra, Assanj sönggi vaqtlarda soğliği yomonlaşgani sababli bunday qarorni qabul qilgan. U Buyuk Britaniyada hamon hibsga olinişi mumkin, şuningdek, AQŞdagi prokurorlar unga maxfiy ma'lumotlarni oşkor qiliş böyiça ayblovlar qöyişi ehtimolga yaqin.

Ta'kidlanişiça, WikiLeaks asosçisi bir neça variantga ega: u Buyuk Britaniyadagi şifoxonaga yöl olişi, mamlakatdan qoçişga urinib körişi yoki sudda hibsga olinişi böyiça qarorga qarşi çiqişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ekvador prezidenti Assanj böyiça bayonot bergandi.