WikiLeaks asosçisi Julian Assanj 26 iyun, çorşanba kuni AQŞning Saypan orolidagi federal okrug sudi tomonidan ozod qilindi. Sud jurnalistni AQŞ rasmiylari bilan kelişuv doirasida josuslik töğrisidagi qonunni buzganlikda aybiga iqror bölgaç, ozod qildi. Assanj tez orada uyiga - Avstraliyaga uçib ketadi.
Wikileaks asosçisining advokati Jyennifer Robinson 26 iyunni «14 yillik huquqiy kuraşlarga yakun yasagan» va «21-asrda (AQŞ Konstitutsiyasiga) birinçi tuzatiş uçun eng katta tahdid sifatida e’tirof etilgan» işga nuqta qöygan «tarixiy kun» deb atadi.
Assanj: Birinçi tuzatiş va josuslik töğrisidagi qonun bir-biriga zid
Sud majlisida sudya Assanjdan uning jinoyati nima ekanligini söradi. «Jurnalist sifatida men öz manbamni maxfiy deb aytilgan ma’lumotlarni taqdim etişga undadim», deb javob berdi Assanj. Şu bilan birga, u söz va matbuot erkinligini kafolatlaydigan AQŞ Konstitutsiyasiga birinçi tuzatiş uning jurnalistik faoliyatini «himoya qilganini» ta’kidladi. «Menimça, birinçi tuzatiş va josuslik töğrisidagi qonun bir-biriga ziddir», - deya jurnalistning sözlarini keltiradi The Washington Post.
Assanj 175 yilga qamalişi mumkin edi
Julian Assanj 24 iyun kuni 5 yil ötirgan Londonning «Belmarş» qattiq tartibli qamoqxonasini tark etdi. Jurnalist AQŞ Adliya vazirligi bilan kelişuvga erişgaç, qöyib yuborilgan.
Qöşma Ştatlarda Assanjga «AQŞ tarixida maxfiy ma’lumotlarni oşkor qiliş böyiça eng yirik iş bilan boğliq jinoyatlar» yuzasidan 17 ta ayblov qöyildi. Gap 2010 yildan beri AQŞning harbiy va diplomatik faoliyatiga oid 700 mingga yaqin maxfiy hujjatlar oşkor etilgani haqida bormoqda. Hujjatlarda AQŞning Iroq va Afğonistondagi harbiy harakatlari, jumladan, tinç aholi öldirilişi va amerikalik harbiylarning mahbuslarga nisbatan şafqatsiz munosabati haqida ma’lumotlar bor. Jurnalist 175 yilga qamalişi mumkin edi.








