Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeTTB O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirishda ko‘maklashadi
“O‘zbekenergo” AJda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) Markaziy Osiyo va Rossiya davlatlari bo‘yicha Boshqaruv direktori Nataliya Xanjyenkova va “O‘zbekenergo” AJ rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish masalasida muzokara bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, avvalo, qayta tiklanadigan energetikani qo‘llab-quvvatlash va ularning strategiyasini ishlab chiqish hamda investitsion loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda energetika sektorini isloh qilish va qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlarni yanada tezlashtirish hamda birgalikda harakat qilish borasida kelishib olindi.
O‘z navbatida, “O‘zbekenergo” AJ rahbariyati o‘zaro manfaatli hamkorlik yuqori sur'atlarda rivojlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.
Ma'lumot o‘rnida: YeTTB tomonidan bugungi kunda qishloq infratuzilmasini rivojlantirish va uy-joy qurish, energetika tarmog‘i va kommunal xo‘jalik obektlarini modernizatsiya qilish, biznesni qo‘llab-quvvatlash va boshqa yo‘nalishlarda umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid
09:14 / 20.06.2026
YeTTB ko‘magida temiryo‘l harakatini boshqarish tizimi yangilanadi
17:52 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan keng ko‘lamli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
10:31 / 05.06.2026
YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026 yilda 6,5 foizga o‘sishini prognoz qildi
10:05 / 11.02.2026