Sport | 23:21 / 04.08.2018
3999
2 daqiqa o‘qiladi

OKMK futzal klubi Osiyo chempionati guruh bosqichidan o‘tolmadi

Foto: AFC

Indoneziyaning Jogyakarta shahrida futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.

D guruhida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Olmaliqning OKMK klubi turnirni muvaffaqiyatsiz yakunlaydigan bo‘ldi.

Dastlabki turda Livanning «Bank of Bayrut» klubiga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergan olmaliqliklar 2-turda Eronning «Mis Sungun» klubiga 1:9 hisobida yutqazib, guruhdan chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lishdi. Eron va Livan klubi esa chorakfinalga yo‘l olishdi. 

Endi 3-turda OKMK Tojikistonning «Sipor» klubi bilan guruhdagi 3-o‘rin uchun bellashadi.

Futzal klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionati
Indoneziya, Jogyakarta

D guruhi
2 avgust
Mis Sungun (Eron) - Sipor (Tojikiston) - 9:2
Bank of Bayrut (Livan) - OKMK (O‘zbekiston) - 4:1

4 avgust
OKMK (O‘zbekiston) - Mis Sungun (Eron) - 1:9 
Sipor (Tojikiston) - Bank of Bayrut (Livan) - 2:11

6 avgust
Mis Sungun (Eron) - Bank of Bayrut (Livan) 
OKMK (O‘zbekiston) - Sipor (Tojikiston)

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid