Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 avgust kuni Krasnoyarskda vertolyot qulagani oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 4 avgust kuni ertalab Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida Vankor koni yaqinida Mi-8 vertolyoti halokatga uchragan.
Xabar qilinishicha, vertolyot bortida bo‘lgan 18 nafar kishining barchasi halok bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, vertolyot qulaganidan so‘ng butunlay yonib ketgan.