Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida Mi-8 vertolyotining qulashi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA «Novosti» mintaqa favqulodda xizmatlaridagi manbaga asosan xabar qilmoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, vertolyotlari barcha yo‘lovchilar va ekipaj a'zolari halok bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, vertolyot qulaganidan so‘ng butunlay yonib ketgan.

Mi-8 ishchilarni olib ketayotgan bo‘lgan. Halokat Taruxan tumanida yuz bergani aytilyapti.