Jahon | 21:00 / 05.08.2018
8106
1 daqiqa o‘qiladi

Yetti yoshli qizcha kompyuterda o‘yin yaratib, onlayn servisga joylashtirdi

Dasturchi Lens Makdonaldning yetti yoshli qizi Penni Makdonald o‘zi yaratgan o‘yinni Steam onlayn servisiga joylashtirdi.

U 24 iyul kuni darslikdan Qbasic dasturlash tilini o‘rganishni boshladi.

Penni Makdonald
Foto: Lance McDonald

2 avgust kuni o‘yinlar va dasturlar joylashtiriladigan Steam onlayn servisida u yaratgan Answer the Question o‘yini paydo bo‘ldi. Uning narxi 50 sent turadi. O‘yin matematik trenajyor bo‘lib, foydalanuvchiga turli arifmetik amallarni bajarishni taklif etadi.

Penni o‘yinni o‘zi ishlab chiqdi, otasi bu o‘yinni servisga joylashtirishga yordam berdi.

Mavzuga oid