Jahon | 00:42 / 06.08.2018
5960
1 daqiqa o‘qiladi

BAAda noqonuniy muhojirning  350 ming dollarlik jarimasidan kechib yuborildi 

Foto: RIA Novosti / Anna Chernova

BAAdagi viza amnistiyasi davomida bangladeshlik noqonuniy muhojirning 1,4 million dirhamlik (350 ming dollardan ko‘proq) jarimasidan kechib yuborildi, deb xabar berdi Khaleej Times nashri.

Nashrning yozishicha, 22 yoshli bangladeshlik tug‘ilganidan buyon amirliklarda noqonuniy holda yashab kelgan. Amnistiya natijasida u BAAda bo‘lib turish uchun vaqtinchalik vizaga ega bo‘ldi.

BAAda viza amnistiyasi 1 avgustda boshlandi va 31 oktabrgacha davom etadi. Viza tartibini buo‘ganlar jarima to‘lovisiz qonuniy maqomlarini tiklashlari yoki mamlakatni to‘siqlarsiz tark etishlari mumkin.
Oxirgi marta bunday amnistiya BAAda 2013 yilda qo‘llangan bo‘lib, undan 62 ming noqonuniy muhojir foydalangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid