Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uraldagi hovuz tubidan Stalinning haykali topildi
Foto: Jizn rayona
Uraldagi Kusa shahridagi hovuz tubidan Stalinning o‘tgan asrning 60-yillari boshida tashlab yuborilgan haykali bo‘lagi topildi. Uni to‘g‘on ta'mirlanishi sababli hovuzdagi suv ozaytirilgan paytda fotograf Andrey Parfyonov payqab qoldi.
Mahalliy «Jizn rayona» nashri vakillarining aytishlaricha, avvaliga uni muzeyga jo‘natishga qaror qilishgan, ammo keyinroq haykal yo‘qolib qolgan. Ma'lum bo‘lishicha, uni «Sut vremeni» harakati faollari olib ketishgan.
Yarim asr avval Kusa shahridagi hovuz yaqinida xiyobon joylashgan bo‘lib, u yerga Stalinning haykali o‘rnatilgan bo‘lgan. 1961 yilda haykalni hovuzga uloqtirishgan.
O‘lkashunos Yuriy Latishevning aytishicha, haykal tarixiy ahamiyatga ega emas.
Mavzuga oid
12:40 / 27.08.2025
Uralda mushkul ahvolda qolgan ona va bolalari O‘zbekistonga olib kelindi
12:51 / 25.08.2025
Uralda mushkul ahvolga qolgan olti nafar fuqaro qaytarildi
07:34 / 05.08.2025
Uraldagi ozarboyjon diasporasi rahbari Moskvada qo‘lga olindi
07:47 / 30.07.2025