Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Rossiya bilan temir yo‘l qatnovini to‘xtatish rejalari haqida ma'lum qilishdi
Ukraina Infratuzilma vaziri Vladimir Omelyanning ma'lum qilishicha, mamlakat hukumati Rossiya bilan temir yo‘l qatnovini to‘xtatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
U bu haqda «1+1» telekanali efirida aytib o‘tgan.
«Biz hozirda Moskva bilan temir yo‘l qatnovini yopish variantini ko‘rib chiqmoqdamiz», - deya Omelyanning so‘zlarini keltiradi TSN sayti.
Iyun oyida ukrainalik jurnalist Miroslav Gay mamlakat hukumatini Rossiya bilan temir yo‘l va avtobus qatnovini cheklashga chaqirgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kiyevda Putinning ssenariysi haqida gapirishgandi.