Jahon | 00:08 / 07.08.2018
31213
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada eng ko‘p sotilayotgan avtomobillar nomi ma'lum qilindi

KIA Rio Rossiyada 2018 yilning birinchi yarmida eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘ldi, deb xabar berdi Yevropa biznes assotsiatsiyasi avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasi.
E'lon qilingan hujjatda yangi yengil va yengil tijorat avtomobillari sotuvi haqidagi ma'lumotlar aks etgan.  

Yil boshidan buyon KIA dilerlari Rio rusumidagi 59 ming dona avtomobilni sotgan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni 58 va 53 ming mashina sotuvi bilan mos ravishda LADA Vesta va LADA Granta egalladi.  

To‘rtinchi o‘ringa 39 mingta sotilgan Hyundai Solaris joylashdi. Hyundai Creta 38,5 ming dona sotuv bilan yuqori beshlikni yakunlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iyul oyida Rossiyada Ravon brendi ostidagi birorta ham avtomobil sotilmagani xabar qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid