Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaning Rossiya bilan temir yo‘l qatnovini to‘xtatishi kimga foyda beradi?
Ukraina Infratuzilma vaziri sobiq o‘rinbosari Aleksandr Kavaning ma'lum qilishicha, Rossiya bilan temir yo‘l qatnovini to‘xtatish «Shimoliy oqim - 2» rus gaz quvuri loyihasini amalga oshirishga yordam beradi. Bu haqda NewsOne xabar qilmoqda.
Uning ta'kidlashicha, rasmiylarning Rossiya bilan temir yo‘l qatnovini to‘xtatish haqidagi qaror Ukraina obro‘siga putur yetkazadi.
«Hozirgi sharoitda, Ukraina tomoni Yevropa g‘arbini Rossiya gazining Yevropaga ishonchli yetkazib beruvchi sifatida ishontirmoqchi bo‘lgan paytda, bunday qadamlar Ukrainaga qarshi xizmat qilishi mumkin, biroq «Shimoliy oqim - 2» tarafdorlariga foyda beradi», - deya aytib o‘tdi Kava.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada Rossiya bilan temir yo‘l qatnovini to‘xtatish rejalari haqida ma'lum qilishgandi.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
18:11 / 12.06.2026