Fan-texnika | 23:02 / 07.08.2018
19177
2 daqiqa o‘qiladi

Volkswagen ikki qavatli g‘ildirakli uyni namoyish etdi

Volkswagen kompaniyasi Crafter modeli negizida tayyorlangan Grand California deb nomlanuvchi «ikki qavatli» g‘ildirakli uyni namoyish etdi. Yangilik Dyusseldorfda bo‘lib o‘tgan kemperlar ko‘rgazmasida namoyish etildi – o‘tgan yili xuddi shu yerda bu mashinaning kontseptual nusxasi namoyish etilgandi.

Foto: Volkswagen

Mashinaning uzunligi olti, g‘ildirak bazasi 3,6 metrga teng. Kabina balandligi 2,2 metr. Deyarli 180 darajaga buriladigan old o‘rindiqlar ortida tushlik qilish uchun stol joylashgan. Uning ortida bir kvadrat metr maydonli yuvinish xonasi bor. 

Foto: Volkswagen
Foto: Volkswagen

Chiroqlar harakat datchigi yordamida avtomatik ravishda yonadi va o‘chadi. Yuvinish xonasidagi harorat boshqarib turiladi, suv idishining sig‘imi 110 litrni tashkil etadi.

Foto: Volkswagen

Yanayam orqaroqda ikkita konforkali plita va rakovina joylashgan. Bu yerda turli shkaflar va sig‘imi 70 litrga teng muzlatkich bor. Salonning orqa qismiga katta karavot qo‘yilgan. «Ikkinchi qavat»ga yana ikkita karavot joylashishi mumkin, u holda mashinaning balandligi deyarli uch metrga yetadi.

Foto: Volkswagen
Foto: Volkswagen
Foto: Volkswagen

Kompaniyaning California deb nomlanuvchi yana bir kemperi bor. U ikki kishi yashashi va taom tayyorlab ovqatlanishi uchun barcha sharoitlarga ega.

Foto: Volkswagen
Foto: Volkswagen

Mavzuga oid