Jahon | 15:18 / 08.08.2018
3829
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Makedoniyadagi «Rossiya axborot xuruji»ga qarshi choralar ko‘rishni rejalashtirmoqda

Foto: REUTERS

Amerika Qo‘shma Shtatlari aholining media savodxonligini oshirish maqsadida Makedoniyaga 5 million dollar ajratmoqchi. Bu haqda RT Xalqaro taraqqiyot bo‘yicha hukumat agentligi (USAID) granti materialiga tayanib xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, ushbu mablag‘lar Makedoniyada ommaviy axborot vositalarining tahririyat siyosatida axloqiy me'yorlarni joriy etishga, shuningdek, «mustaqil jurnalistlar» bilan ishlashga sarflanadi. Bunday chora-tadbirlarning zarurati bugungi kunda ham davom etayotgan «yolg‘on axborot tarqatish» faoliyati ancha faollashgani bilan izohlanadi.

«Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan bunday turdagi kampaniyalarga mintaqaning boshqa mamlakatlaridagi nodemokratik rejimlarning sa'y-harakatlari namuna bo‘lmoqda», - deyiladi bayonotda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid