Jahon | 07:55 / 08.08.2018
4329
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro Trampning «yaxshi niyati»ga ishonishi to‘g‘risida gapirdi

Foto: AP Photo / Ariana Cubillos

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning ma'lum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar hududida xorijiy rahbarlarga suiqasd qilishga tayyorgarlik ko‘rishga imkon bermasligiga ishonadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Venesuela rahbari AQSh va Kolumbiya hukumatini suiqasdni rejalashtirgan shaxslar bo‘yicha aloqalarni ochiqlashga chaqirdi. Venesuela rasmiylariga ko‘ra, ular Kolumbiya va Qo‘shma Shtatlarning Florida shtatida yashaydi.

«Prezident Donald Tramp hukumatining yaxshi niyatiga ishonaman, u AQSh hududida Venesuelaga o‘xshash davlatlar fuqarolik va harbiy yetakchilariga suiqasd qilishga tayyorgarlik ko‘rish uchun imkon yaratib bermaydi», - deya ma'lum qildi Maduro. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Internetda Maduroning nutqi paytida dron portlashi tasvirlangan video paydo bo‘lgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid