Venesuelaning El Nacional nashri rahbari Migel Otero Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning nutq so‘zlayotgan joyi ustida dronning portlab ketishi tasvirlangan videoni e'lon qildi. Rolik uning tvitterdagi sahifasida joylashtirildi.

E'lon qilingan videorolikdan ko‘rish mumkinki, dron Karakasdagi Bolivar shoh ko‘chasi uzra portlab ketgan.

Avvalroq, Karakas shahrida noma'lum shaxslar Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni portlovchi qurilma bilan jihozlangan dron yordamida o‘ldirishga urinishgani xabar qilingandi. Banco Bicentenario del Pueblo rahbari Migel Perez Abadning ma'lum qilishicha, hujum natijasida Venesuela prezidenti jarohat olmagan.