Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya 2030 yilgacha koinotga 2 mingga yaqin sun'iy yo‘ldoshni uchirmoqchi
Buyuk Britaniya 2030 yilgacha koinotga o‘z kosmodromidan 2 mingga yaqin kichik sun'iy yo‘ldoshni uchirmoqchi. Bu haqda Shotlandiyaning Saterlend grafligida barpo etilayotgan birinchi milliy kosmodrom qurilish joyiga tashrif buyurgan biznes, energetika va sanoat strategiyasi vaziri Greg Klark ma'lum qildi.
Kosmodrom 2020 yilda ishga tushirilishi mo‘ljallanmoqda.
Britaniyaning birinchi kosmodromi Shotlandiya shimolidagi Amxoyn yarimorolida qurilmoqda. U Dunrey yadro poligonidan 56 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Sun'iy yo‘ldoshlardan asosan yer yuzasini kuzatish hamda ma'lumotlar to‘plash masalalarini hal etishda foydalanish ko‘zda tutilmoqda.
Mavzuga oid
21:22 / 22.05.2026
Britaniyada TikTok va YouTube bolalar uchun xavfsiz emas deb topildi
23:07 / 20.05.2026
Britaniya radiostansiyasi qirol Charlz III vafoti haqida yanglishib e’lon qildi
08:40 / 20.05.2026
AQShdan keyin Britaniya ham Rossiya nefti bo‘yicha litsenziya berdi
08:48 / 16.05.2026