Jahon | 08:13 / 09.08.2018
5015
2 daqiqa o‘qiladi

Floridada Rossiya ularning saylov tizimi bazasiga kirgani aytildi

Foto: Lynne Sladky/AP

Florida shtatidan senator-demokrat Bil Nelson noyabrda bo‘lib o‘tadigan kongressga oraliq saylovlar oldidan Rossiya vakillari Floridaning qator okruglaridagi ma'lumotlar bazasiga kirishganini ta'kidladi. Bu haqda u Tampa Bay Times nashriga bergan intervyusida aytgan.

"Ular shtatning ayrim okruglari tizimiga kirib bo‘lishgan va endi ularga ta'sir ko‘rsatishlari mumkin", — dedi 75 yoshli senator.

"Razvedka bo‘yicha qo‘mita raisi va rais o‘rinbosari bizdan Floridadagi saylovlar o‘tishi uchun mas'ul shaxslarga ruslar ularning bazasiga kirishgani haqidagi ma'lumotni yetkazib qo‘yishimizni talab qildi", — dedi senator. 

Avvalroq Nelson shunday bayonot bilan chiqqan, ammo ma'lumotlar "maxfiy" ekanligini aytib dalillar keltirishdan bosh tortgandi.

Moskva AQShning saylovlarga aralashuv haqidagi ayblovlarini qat'iyan rad etib kelmoqda. Avvalroq FQB rahbari Kris Rey Vashington AQSh kongressiga noyabrda o‘tadigan oraliq saylovlarning saylov tizimiga hujumlarni ko‘rmayotganligini bildirgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid