Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Meksikodagi "baza" egasi bolalarni maktabga hujum qilishga tayyorlagan
Prokuratura Nyu-Meksiko shtatida yashovchi fuqaroni bolalarni maktabda o‘qotar qurol ishlatishga tayyorlaganlikda ayblamoqda, deb xabar berdi CBS telekanali.
Politsiya o‘tgan haftada qo‘lbola tarzda tayyorlangan "baza"da tintuv o‘tkazdi. Bu yerda bir yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 11 nafar bola topilgan. Ularning barchasi abgor va och-nahor ahvolda bo‘lgan.
Prokuror taqdimnomasiga ko‘ra, "baza" egasi 39 yoshli Siroj ibn Vaxxoj kelgusida "zo‘ravonlik va noqonuniy maqsadlarda" foydalanish uchun bolalarni vintovkalardan o‘q otishga o‘rgatgan.
New York Daily News gazetasining xabar berishicha, ibn Vaxxoj bolalarni ommaviy hujumlar uyushtirishga tayyorlaganini tan olgan.
Ibn Vaxxoj 1993 yilda Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi yerto‘lasida portlovchi modda ortilgan yuk mashinasini portlatgan terrorchilarning rahnamosi bo‘lgan Siroj Vaxxojning o‘g‘li hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:58
Pentagon NUJlarga oid hujjatlarning navbatdagi qismini e’lon qildi
10:04 / 23.05.2026
AQSh Milliy razvedkasi rahbari iste’foga chiqdi
23:05 / 22.05.2026
Rubio AQShning Rossiya va Ukraina bilan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganini aytdi
20:13 / 22.05.2026