Toshkentdagi «Bo‘rijar» jome masjidiga yangi imom-xatib tayinlandi
Toshkent shahridagi “Bo‘rijar” (“Ilonlik ota” mahallasi) jome masjidiga yangi imom-xatib tayinlandi. Kecha asr namozidan so‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov jamoatga Mirzatillo Alixonovni “Bo‘rijar” jome masjidi imom-xatibi etib tayinlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining buyrug‘ini o‘qib eshittirgan.
O‘MI Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Mirzatillo Alixonov bungacha Toshkent shahar “Tepa” jome masjidi imom noibi vazifasida faoliyat yuritgan hamda qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kotibiyat bo‘limida xizmat qilib keladi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi va “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlangan Husniddin Abdukarimov Chilonzor tumani bosh imom-xatibi va “Bo‘rijar” jome masjidi imom-xatibi vazifalarida faoliyat yuritgan edi.
Mavzuga oid
17:08 / 30.08.2024
Toshkentdagi Mulla Xolmirza ota masjidi zamonaviy ko‘rinishda qayta qurilmoqda
11:47 / 23.07.2024
Toshkentda Bo‘rijar kanaliga tushib ketgan fuqaro qutqarildi
16:21 / 20.06.2024
Toshkentda Bo‘rijar kanaliga cho‘milishga borgan talaba cho‘kib ketdi
07:25 / 13.06.2024