Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp xorijiy shaxslarga saylovlarga aralashganlik uchun sanksiyalar qo‘llashi mumkin
Foto: Grigory Dukor/Reuters
Oq uy AQSh prezidenti Donald Trampga saylovlarga aralashganlik uchun xorijiyliklarga qarshi sanksiyalar joriy etishga imkon beruvchi farmonni ishlab chiqmoqda. Bu haqda Washington Post xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp yolg‘on axborot tarqatish bo‘yicha harakatlar, shuningdek, AQSh saylovlariga qarshi kampaniyada ishtirok etganlik uchun sanksiyalar joriy qilishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, shu tariqa Tramp ma'muriyati «AQShdagi saylovlarga aralashuv» bo‘yicha ish yuzasidan Rossiyaga nisbatan o‘z niyatlari «jiddiyligini» ko‘rsatishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh rossiyalik milliarderga sanksiya qo‘llamoqchi ekani, u O‘zbekistonda noqonuniy operatsiyalar amalga oshirgani haqida xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020