O‘zbekiston | 20:12 / 09.08.2018
4210
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Vladivostokka muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Foto: KUN.UZ

2018 yilning 15 sentabridan boshlab «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK haftada bir marta Toshkent-Vladivostok-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.

Bunga qadar aviakompaniya mazkur yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni charter dasturi asosida amalga oshirib kelayotgandi.

Reyslar haftaning shanba kunlari Boeing-767 samolyotlarida amalga oshirilishi xabar qilinmoqda.

Mavzuga oid