KXDR Trampga qarshi borayotgan amaldorlar tufayli AQSh bilan kelishuv xavf ostida qolganini bildirdi
KXDR Singapurdagi sammitda Koreya yarimorolini yadrosiz hududga aylantirish bo‘yicha kelishuvga erishilganidan keyin amaldorlar Donald Trampga “qarshi borishayotgani” uchun AQSh prezidenti ma'muriyatini tanqid qildi. Bu haqda Shimoliy Koreya BMT huzuridagi missiya orqali bayonot berdi.
Jumladan, Pxenyan yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha berilgan barcha va'dalarni bajarayotganini ta'kidladi.
“AQSh ma'muriyatining yuqori lavozimdagi amaldorlari bizga qarshi asossiz ayblovlarni bildirishmoqda”, — deyiladi KXDR bayonotida.
Pxenyan xalqaro sanksiyalarning kuchayishiga nisbatan norozilik bildirgan va “Koreya yarimorolida qiyinchilik bilan erishilgan barqarorlik muhiti saqlanib qolishiga kafolat yo‘qligini” ma'lum qilgan.
“Biz yaxshi niyatda boshlangan amallar KXDR va AQSh o‘rtasidagi ishonchsizlik devorini qulatishiga va o‘zaro ishonchni o‘rnatishiga umid qilgandik. Ammo AQSh xalqaro sanksiyalar va KXDRga bosim bilan javob qaytardi”, — deyiladi Shimoliy Koreya bayonotida.
Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar “barcha avvalgi ma'muriyatlar ishlatib ko‘rgan va muvaffaqiyatsizlikka uchragan o‘sha eski ssenariy”ga yopishmoqda.
Shu haftada Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Shimoliy Koreya yadrosizlanish bo‘yicha oldinga siljish qilmaganligini va AQSh bu mamlakatga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilmasligini bildirgandi.
Vox nashrining xabar berishicha, Shimoliy Koreya AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo taklif etgan yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha jadvalni rad etgan.
Mavzuga oid
14:22 / 13.11.2024
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
11:22 / 12.11.2024
Shimoliy Koreyadan qochganlar RFdagi KXDR kuchlari orasida dezertirlikka erishmoqchi
10:41 / 12.11.2024
KXDR Rossiya bilan hamkorlik shartnomasini ratifikatsiya qildi
20:11 / 10.11.2024