Eron Turkiyani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif prezident Donald Tramp Turkiyadan keltiriladigan alyuminiy va po‘latga bojlar oshirilishini ma'lum qilganidan so‘ng AQShni sanksiya kiritish amaliyotidan voz kechishga chaqirdi.
"Trampning NATO bo‘yicha ittifoqchisi Turkiyaga nisbatan iqtisodiy qiyinchilik yaratayotganligini bayram qilishi sharmandalik. AQSh o‘zining sanksiyabozlik kasalligini davolashi zarur yoki butun dunyo ularni bunga majbur qilish uchun so‘z bilan qoralashdan tashqari birlashishi kerak. Biz qo‘shnilarimizni avval ham qo‘llab-quvvatlab kelganmiz va hozir ham qo‘llab-quvvatlaymiz", — deb yozdi vazir o‘zining Twitter-akkauntida.
Tramp Turkiyadan keltiriladigan po‘lat va alyuminiyga nisbatan boj to‘lovi ikki marta- 20% va 50%ga oshirilishini ma'lum qilganidan so‘ng turk lirasining qiymati rekord darajada pasayib ketdi.
AQSh va Turkiya munosabatlari amerikalik pastor Endryu Branson ishi sabab keskin tus oldi. Turkiya pastorni 2016 yilning oktabridan buyon hibsda saqlamoqda. U Turkiyada terrorchi tashkilot sifatida tan olingan FETOga yordam berish, shuningdek Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) ni qo‘llab-quvvatlashda ayblanmoqda.
O‘tgan haftada AQSh moliya vazirligi Turkiya adliya vaziri Abdulhamit Gul va ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘yluga nisbatan sanksiya joriy etgan edi.
Mavzuga oid
12:03 / 31.10.2024
AQSh O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yana ikki kompaniyaga qarshi sanksiya kiritdi
11:10 / 31.10.2024
AQSh Rossiya mudofaa vazirining besh o‘rinbosariga qarshi sanksiyalar kiritdi
13:10 / 22.10.2024
Politico: YeIda RFga qarshi sanksiyalar bo‘yicha muhokama qayta boshlanadi
13:35 / 12.10.2024