Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda 11 nafar terrorchi yo‘q qilindi
Foto: AP Photo / Ebrahim Noroozi
Eron islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (Eron qurolli kuchlari bo‘limi) G‘arbiy Ozarbayjon viloyatidagi Oshneviya shaharchasida 11 nafar jangarini yo‘q qilgani haqida xabar qildi.
"Kecha oqshomda xorijiy razvedka xizmatlari bilan aloqador qurollangan terrorchilar guruhi vaziyatni izdan chiqarish va qo‘poruvchilik harakatini amalga oshirish uchun Oshneviyadagi chegaradosh hududdan mamlakatga kirishga urindi, ammo Hamza Said al-Shohad bazasidagi piyoda qo‘shinlarning jasur jangchilari pistirmasiga duch keldi", — deyiladi xabarda.
Operatsiya davomida Eron islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bir necha jangarini yarador qilgan hamda ko‘plab miqdorda o‘q-dorilar va aloqa vositalarini qo‘lga kiritgan.
Avvalroq 20 iyul kuni mamlakat g‘arbidagi Kurdiston viloyatida jangarilarning hujumi oqibatida kamida o‘n nafar harbiy halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
00:14
Yaqin Sharqdagi urush: AQSh va Eron uchuvchilarni izladi
22:10 / 05.04.2026
Eronda internet o‘chirilishi bo‘yicha jahon rekordi qayd etildi
20:48 / 05.04.2026
AQSh Eron bilan urush davomida yettita samolyotini yo‘qotdi – OAV
20:23 / 05.04.2026