Jahon | 22:00 / 11.08.2018
5964
1 daqiqa o‘qiladi
Pekinda kuchli yomg‘irlar sababli 170ga yaqin sayyohlik obektlari yopildi
Pekin ma'muriyati kutilayotgan jala va favqulodda holat xavfi sababli poytaxtdagi 168ta tabiat va me'moriy sayyohlik maskanlarini vaqtinchalik yopdi. Bu haqda turizm bo‘yicha qo‘mita ma'lum qildi.
Pekinda noqulay ob-havoning "sariq" darajasi e'lon qilindi.
Shahar ma'muriyati aholi va mehmonlarni tog‘li hududlarga bormaslikka, daryo sohiliga yaqinlashmaslikka hamda avtomobillarni qiyalik va ko‘priklar ostiga qo‘ymaslikka chaqirdi.
Sinoptiklar yaqin 24 soat ichida Pekinning ayrim tumanlarida va qo‘shni viloyatlarda 300 millimetrgacha yog‘in yog‘ishini kutishmoqda.
Mavzuga oid
10:27 / 13.11.2024
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024
Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati noldan pastga tushadi
12:21 / 11.11.2024