Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir haftada 180 YTH yuz berdi, 27 nafar fuqaro halok bo‘ldi
Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, o‘tgan haftada avtomobil yo‘llarida jami 180 yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Natijada ushbu hodisalarda 27 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 177 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan, deb yozyapti O‘zA.
Hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 84 ming 977 qoidabuzarliklar aniqlangan. Ularning 40 ming 701tasini qo‘pol qoidabuzarliklar tashkil etadi. Jumladan, 1 ming 568 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 11 ming 944 nafar haydovchi belgilangan tezlik talablarini buzgan, 1 ming 161 nafar haydovchi svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasiga amal qilmagan. Shuningdek, 12 ming 402 nafar haydovchi odam tashish qoidasini buzgani, 360 nafar haydovchi temir yo‘l kesishmalaridan o‘tishda qoidaga rioya qilmagani uchun to‘xtatildi va ularga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Bundan tashqari, transport vositasining oynalarini me'yoridan ortiqcha qoraytirgan 668, harakat vaqtida telefondan foydalangan 870 va xavfsizlik kamarlarini taqmasdan harakatlangan 14 ming 946 nafar haydovchiga nisbatan ham tegishli choralar ko‘rildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda “Kobalt”ning “MAN” orqa qismiga urilishi natijasida 2 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:58
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
09:00 / 05.07.2026
Mundialdagi debyutga rasmiy baho, qimmatlayotgan benzin va o‘pirilgan damba - hafta dayjesti
13:12 / 04.07.2026