Jahon | 10:34 / 13.08.2018
14441
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev Putinga KXShT bosh kotibi bo‘yicha taklif bilan chiqdi

Foto: Akorda

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuvda KXShT bosh kotibi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha masalani ko‘tardi, deb xabar berdi «RIA Novosti».

«Muhokama qilish kerak bo‘lgan barcha mavzular orasida KXShT bosh kotibi masalasi alohida ajralib turadi. U biz uchun muammo bo‘ldi», - dedi Nazarboyev.

«KXShT doirasidagi, YeOII doirasidagi kengroq munosabatlarga kelsak, bu yerda juda katta kun tartibi, katta dasturlar, muammolar bilan bog‘liq masalalar ham bor, masalan, yuqorida aytib o‘tganlaringiz kabi», - deya ta'kidlab o‘tgan Vladimir Putin.

Eslatib o‘tamiz, 26 iyul kuni Armaniston maxsus tergov xizmati sobiq prezident Robert Kocharyanga 2008 yil 1 martda norozilik aksiyalarini tarqatish bo‘yicha jinoiy ish doirasida konstitutsion tuzumni ag‘darib tashlash bo‘yicha ayblov qo‘ydi. Bir kundan keyin u ikki oyga qamoqqa olindi. Kocharyan ayblovlar siyosiy ta'qiblar natijasida qo‘yilganini bildirmoqda. Ushbu ish doirasida 2008 yilda Armaniston qurolli kuchlarida xizmat qilgan, mamlakat sobiq mudofaa vaziri Mikayel Arutyunyan va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti bosh kotibi Yuriy Xachaturovga qarshi ham ayblov e'lon qilindi. Xachaturov garov puli evaziga ozod etilgan, Arutyunyan qidiruvga berildi.

Mavzuga oid