Armanistonning sobiq prezidenti Robert Koçaryan 2008 yil 1-2 mart kunlari prezident saylovlaridagi qoidabuzarliklarga qarşi ötgan namoyişlarni tarqatiş ayblovi bilan Yerevan sudi tomonidan 2 oylik muddatga hibsga olindi.

Bundan avval Koçaryanga Armanistondagi konstitutsiyaviy tuzumni zöravonlik qöllagan holda ağdariş hamda Armaniston prezidenti, parlamenti, konstitutsiyaviy sudi yoki hukumat vakolatlarini konstitutsiyada közda tutilmagan usul bilan egallab oliş moddasi böyiça ayblov e'lon qilingandi.

Sobiq prezident uşbu ayblov böyiça 15 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin. Koçaryanning özi öz nomiga bildirilgan ayblovlarni “baxmal inqilob şiori ostida unga qarşi olib borilayotgan oçiqça siyosiy ta'qib” deb atagan.

Koçaryanning aytişiça, u sudga dastlab namoyişlarni tarqatiş böyiça guvoh sifatida çaqirtirilgan, biroq tergovçilar söroq vaqtida uning maqomini guvohdan ayblanuvçiga özgartirişgan. Uşbu iş böyiça Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti boş kotibi, Armaniston armiyasi general-polkovnigi Yuriy Xaçaturov ham ötmoqda, biroq u 27 iyul keçki payt garov puli evaziga ozod qilingan.

2008 yil 1-2 mart kunlari Armanistonda ötgan namoyişlarda kamida 8 faol va bir harbiy halok bölgan. Koçaryan favqulodda vaziyat e'lon qilgandan keyin namoyişlar töxtagan. Namoyişlar taşkilotçilari qatorida Armanistonning amaldagi boş vaziri Nikol Paşinyan (namoyişlar vaqtida muxolif nomzod Levon Ter-Petrosyanning saylovoldi ştabi a'zosi bölgan) ham bölgan. Namoyişlardan keyin Paşinyan qidiruvga berilgan va 2010 yilda ommaviy tartibsizliklar taşkil etiş ayblovi bilan 7 yilga qamalgan. Paşinyan 2011 yil mayida Armaniston mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan e'lon qilingan amnistiya böyiça ozodlikka çiqqan.

2008 yillardagi saylovlarda Serj Sargsyan ğalaba qozongan. U 2018 yil aprelda Armaniston boş vaziri etib saylangan, biroq yangi noroziliklar sababli iste'foga ketgan. Uning örnini aynan Paşinyan egallagan.