Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ishga chiqib ketgan haydovchi bedarak yo‘qoldi
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 11 avgust kuni “Taksi favorit lyuks” MChJ xodimi IIBga murojaat qilib, shu yil 9 avgust kuni ushbu MChJ haydovchisi Yunusobod tumanida yashovchi Dadaxon Nodirov davlat raqami 01 456 GEA bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtomashinasida ishga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma'lum qilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Hozirda D.Nodirovni qidirib topish choralari ko‘rilgan.
“Hurmatli fuqarolar, agar Siz D.Nodirov va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir ma'lumotga ega bo‘lsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz!” - deyiladi IIV xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda avtomashinani haydab chiqib ketgan fuqaro bedarak yo‘qolgan edi.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026