Jamiyat | 13:59 / 08.08.2018
20461
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda avtomashinani haydab chiqib ketgan fuqaro bedarak yo‘qoldi

Illyustrativ foto

7 avgust kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi M.K. ismli ayol IIBga murojaat qilib, shu yil 6 avgust kuni 36 yoshli o‘g‘li  Ibrohim Umarov boshqaruvidagi davlat raqami 10 F 163 LA bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinasida uyidan noma'lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma'lum qilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, I.Umarovni qidirib topish choralari ko‘rilgan.

“Hurmatli fuqarolar, agar Siz I.Umarov va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir ma'lumotga ega bo‘lsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz!” - deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid