Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akademiklar «to‘siqlarni yo‘ldan oluvchi» guvohnoma bilan ta'minlandi
Bugun, 14 avgust kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Fanlar akademiyasi akademiklariga yangi namunadagi guvohnomalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.

Yig‘ilishda bosh vazir olimlarni ishlab chiqarishga keng jalb qilishning ahamiyati haqida gapirdi.
«Afsuski, chorak asr davomida akademiklarga e'tibor qilinmagani katta xato bo‘lgan. Shu tufayli ishlab chiqarish jarayonidan ancha ortda qoldik. Hozirda biz ishlab chiqarishni rivojlantirmoqdamiz va bu jarayonda siz akademiklarimizning bilimi, hayotiy tajribasi biz uchun juda muhim», deya bosh vazirning so‘zlarini keltirmoqda yig‘ilishda ishtirok etgan «Kun.uz» muxbiri.
Ma'lumot uchun, hozirgi kunda Fanlar akademiyasining 91 nafar akademigi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoy sohaning turli yo‘nalishlarida faoliyat olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning 20 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutiga tashrif buyurgandi.
Tashrif davomida o‘tkazilgan yig‘ilishda Fanlar akademiyasining akademiklari guvohnomasining yangi namunasini ishlab chiqish va akademiklar guvohnoma bilan tegishli vazirlik va idoralarga hech qanday to‘siqlarsiz kirishlarini ta'minlash yuzasidan akademiklarning bildirgan takliflari prezident tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi.
Mavzuga oid
09:15 / 17.04.2026
Qozog‘iston endi qozoq tilini yaxshi bilmaydiganlarga doimiy yashash guvohnomasini bermaydi
14:26 / 20.09.2025
XDP moped va skuterlar uchun guvohnomalarni kechiktirishga chaqirdi
10:20 / 26.08.2025
Dori ishlab chiqarish bo‘yicha guvohnomalar amal qilish muddati 5 yil etib belgilanadi
11:15 / 19.04.2025