Jahon | 19:34 / 14.08.2018
8215
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada benzin narxi 60 baravarga qimmatlashadi

Foto: REUTERS

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro milliy televideniye efirida chiqish qilib, mamlakatda benzin uchun bozor narxlari joriy etilishini ma'lum qildi. Bunda Venesuela aholisiga yonilg‘i uchun subsidiyalar amal qiladi. Maduroning so‘zlariga ko‘ra, bu chora mamlakatni milliardlab dollarga chuv tushirayotgan kontrabandachilarni to‘xtatish uchun qo‘llanilmoqda.

“Kolumbiya va Karib havzasining boshqa mamlakatlariga kontrabandani bartaraf qilish uchun benzin va boshqa uglevodorod mahsulotlari bozor narxida sotilishi lozim. Xalqimiz Venesuela benzinining boshqa mamlakatlarga olib chiqib ketilishidan 18 milliard dollarga yaqin pul yo‘qotmoqda”, - dedi Nikolas Maduro.

Hozirda Venesuelada bir litr benzin narxi 1 bolivar turadi. Bir AQSh dollarining rasmiy kursi esa 141 500 bolivarga teng.
Venesueladan qo‘shni davlatlarga yonilg‘i tashish yirik biznes hisoblanadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid