Özbekiston Respublikasining alohida topşiriqlar böyiça elçisi, taşqi siyosatda Markaziy Osiyo masalalari böyiça kurator Ilhom Ne'matov «Xalq sözi. Online» naşrida e'lon qilingan maqolasida Özbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan çegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qiliş borasida keyingi ikki yilda olib borilgan işlarni bayon qilgan.

«2016 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qöşma majlisida Özbekistonning taşqi siyosatdagi ustuvor yönalişi sifatida Markaziy Osiyodagi qöşni mamlakatlar bilan hamkorlikni rivojlantiriş sifatida belgilangandi. Bu qöşni davlatlar bilan davlat çegaralari böyiça muzokaralarni faollaştirişga qaratilgan muhim qadam edi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi «Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi tizimini tubdan takomillaştiriş hamda taşqi siyosiy va taşqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yönalişlarini amalga oşirişda uning mas'uliyatini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni bilan örta muddatli istiqbolda asosiy xorijiy şeriklar bilan Özbekiston Respublikasining taşqi siyosiy va taşqi iqtisodiy hamkorligini rivojlantirişning ustuvor yönalişlari belgilab berildi.

Davlat çegarasini xalqaro huquqiy rasmiylaştiriş jarayonini tezlaştiriş masalasi Harakatlar strategiyasi dasturidan ham örin olgan.

Ma'lumki, Özbekiston Markaziy Osiyoning barça davlatlari bilan çegaradoş hisoblanib, çegaralarning umumiy uzunligi 7 ming kilometrdan köproqni taşkil etadi. Xususan, Özbekiston Qozoğiston bilan 2356,31 km, Qirğiziston bilan – 1476,12 km, Tojikiston bilan – 1296,9 km, Turkmaniston bilan – 1831,49 km va Afğoniston bilan – 143 km uzunlikdagi çegaralarga ega hisoblanadi.

Özbekiston qöşni davlatlar bilan çegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qiliş böyiça muttasil tarzda muzokaralar ötkazib kelmoqda. 2016 yil avgustidan 2018 yil avgustigaça Özbekiston hukumati delegatsiyasining qöşni davlatlar hukumatlari delegatsiyalari bilan 65 uçraşuvi ötkazildi. Jumladan, Qozoğiston bilan 18, Qirğiziston bilan 28, Tojikiston bilan 9, Turkmaniston bilan 9 va Afğoniston bilan bir marta.

Çegaralardagi muammolarni hal qiliş borasidagi asosiy natijalar Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 5 sentyabrida Qirğiziston respublikasiga va 2018 yil 9 martida Tojikiston respublikasiga taşrifi vaqtida imzolangan kelişuvlar böldi.