Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya o‘ziga yangi ittifoqchi topdi
Foto: AP
Turkiya mamlakatda yuzaga kelgan valyuta inqirozi ortidan o‘ziga yangi ittifoqchi topdi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘anning matbuot xizmati xabar berishicha, Qatar Anqaraga 15 milliard dollar miqdorida investitsiya yo‘naltirishga va'da bergan.
Turkiya rahbari bilan uchrashuvda Qatar amiri Tamim bin Xamad Al Tani turk iqtisodiyotiga 15 milliard dollarlik investitsiya kiritish niyati haqida ma'lum qilgan. Mazkur xabar borasidagi qo‘shimcha tafsilotlar ma'lum qilinmagan.
2017 yil iyunda Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn va BAA Qatarni terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, u bilan diplomatik aloqalarni uzishini ma'lum qilgandi. Keyinroq ular munosabatlarni tiklash uchun o‘z shartlarini ma'lum qilishdi. Shartlardan biriga ko‘ra, Doha o‘z hududidan Turkiya harbiy bazasini chiqarib yuborishi lozim edi. Anqara buni Turkiyaga nisbatan hurmatsizlik deb atagandi.
Mavzuga oid
15:49 / 23.01.2026
1 gramm uchun 161 dollar. Oltin narxi yana keskin qimmatlashishni boshladi
13:38 / 19.01.2026
Xitoy iqtisodiyoti 2025 yilda 5 foizga o‘sdi
12:15 / 29.12.2025
Vingroup O‘zbekistonda shaharsozlik va turizm loyihalarini o‘rganmoqda
15:32 / 24.12.2025