Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda suv toshqinlari: 97 kishi halok bo‘ldi
Foto: Times of India
Hindiston janubi-g‘arbida joylashgan Kerala shtatidagi kuchli suv toshqinlari tufayli kamida 97 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Indian Express gazetasi yozmoqda.
Ta'kidlanishicha, tabiiy ofat tufayli transport tizimining ishi buzilgan, shuningdek, ta'lim muassasalari yopildi. Shtat vaziri Pinarayya Vijayan Hindiston hukumatini suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishda qo‘shimcha yordam berishga, shuningdek, ko‘proq harbiylar va vertolyotlarni ajratishga chaqirdi.
Suv toshqinlari shtatga 8 avgust kuni yopirilgan musson yomg‘irlari sababli boshlandi - ular toshqinlar, sellar va ko‘chkilarni keltirib chiqardi. Mahalliy rasmiylarning ma'lum qilishicha, mintaqa so‘nggi yuz yil ichidagi eng vayronakor suv toshqinlari bilan to‘qnash keldi. Ayni paytda shtat bo‘ylab ob-havo xavfining qizil darajasi e'lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston sobiq bosh vaziri vafot etgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:09 / 09.02.2026
Hindiston zavodlari AQSh bilan kelishuv uchun Rossiya neftidan voz kechmoqda
21:26 / 07.02.2026
Eng ko‘p guruch iste’mol qiladigan mamlakatlar ma’lum qilindi
12:27 / 06.02.2026
O‘zbekiston Hindistondan ayrim tovarlar importini vaqtincha chekladi
15:33 / 05.02.2026