10:48 / 17.08.2018
10642

Sirtqi ta'lim shakliga test sinovlarining birinchi kuni boshlandi 

Foto: Facebook/Aziz Abduhakimov

Bugun Respublika oliy ta'lim muassasalarining sirtqi ta'lim shakliga test sinovlarining birinchi kuni boshlandi.

Test sinovlari materiallari maxfiyligi va daxlsizligini ta'minlagan holda test sinovlaridan 1 kun avval 16 avgust kuni test sinovlari o‘tkaziladigan 52ta binoga yetkazildi.

Test sinovlari barcha oliy ta'lim muassasalarida bir vaqtda 8:00da boshlandi. Test sinovlarida 19ta oliy ta'lim muassasalarining 13ta ta'lim yo‘nalishida 25 ming 754 nafar abituriyent ishtirok etmoqda.

Tezkor ma'lumotlarga ko‘ra 1 797 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 19 nafar abituriyent hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgani o‘rniga kirishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Barcha test sinovlari o‘tadigan binolarda 1-smenada test sinovlari soat 11:30da yakunlanadi. 2-smena 15.00da boshlanadi.

Shu kunning o‘zida test sinovlari natijalari Davlat feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta'minlagan holda Davlat test markaziga qaytariladi.

Yakuniy ma'lumotlar test sinovlari 1-smenada tugaganidan so‘ng taqdim etiladi.

Top