Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirtqi ta'limga test sinovlari. 58 nafar abituriyent chetlashtirildi
Foto: Facebook/Aziz Abduhakimov
Respublika oliy ta'lim muassasalarining sirtqi ta'lim shakliga kirish test sinovlari birinchi kunining 1-smenasida 19ta oliy ta'lim muassasalarining 13ta ta'lim yo‘nalishida test sinovlari bir vaqtda soat 8:00dan boshlanib, 11:30ga qadar to‘liq yakunlandi.
Test sinovlarida 25 ming 516 nafar abituriyent ishtirok etdi.
Tezkor ma'lumotlarga ko‘ra, test sinovlarida 1 996 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi.
Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 58 nafar abituriyent, shundan 19 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgalar o‘rniga kirishga uringanligi uchun, 39 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga, boshqa abituriyentga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.
Test sinovlarini o‘tkazishga ta'lim muassasalaridan 2 030 nafar guruh nazoratchilari jalb etildi.
Test natijalari Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta'minlagan holda Davlat test markaziga 2-cmena yakunlangandan so‘ng 18.30dan qaytarish boshlanadi. Toshkent shahrida test materiallari 12.00dan boshlab Davlat test markaziga qaytariladi.
Mavzuga oid
20:55 / 23.04.2026
Ta’limda sun’iy intellekt: talabalar oldinda, universitetlar orqada qolmoqda
13:19 / 20.04.2026
Zo‘ravon pedagoglarga cheklov: ular 1 yil ta’lim tizimiga ishga kirolmaydigan bo‘ladi
18:33 / 11.04.2026
Vazir o‘qituvchilardan bolalarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qildi
17:41 / 11.02.2026