Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“ArMI-2018” Xalqaro armiya o‘yinlari sovrindorlari taqdirlandi
Mudofaa vazirligi markaziy apparatida IV Xalqaro armiya o‘yinlari sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.
Dunyoning 32 mamlakati harbiylari ishtirok etgan “ArMI-2018” musobaqasida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar umumjamoa hisobida 6-o‘rinni egalladi.
Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari 28 yo‘nalishning 12tasida qatnashib, 6 ta sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdi. Harbiylarimiz “Qo‘shin razvedkasi a'lochilari”, “Merganlik marrasi” va “Sodiq do‘st” kabi yo‘nalishlarda rekord natijalarni qayd etdi.
Taqdirlash marosimida O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov sovrindorlarni qo‘lga kiritilgan natijalar bilan qutladi va ularga esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlarini topshirdi. Tadbirning rasmiy marosimi yakunlangach, Xalqaro armiya o‘yinlari ishtirokchilari uchun bayram dasturxoni yozilib, ular sharafiga kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Mavzuga oid
21:43 / 10.11.2025
Prezident kasaba uyushmalari xodimlaridan bir guruhini taqdirladi
19:25 / 03.11.2025
Osiyo yoshlar o‘yinlarining sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlandi
16:14 / 06.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
23:39 / 05.03.2024