2026 yil 5 yanvar kuni «Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlaş töğrisida»gi Özbekiston prezidenti farmoni qabul qilindi.

Hujjatda qayd etilişiça, mamlakat prokuratura organlaridagi köp yillik fidokorona mehnati, yurtimizda qonuniylikni va huquq-tartibotni mustahkamlaşga qöşgan hissasi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlarini himoya qilişdagi ibratli faoliyati, huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda jamiyatimizda huquqiy madaniyatni oşiriş, yoş avlodni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaş borasidagi xizmatlari uçun quyidagi xodimlar taqdirlandi:

«Mehnat şuhrati» ordeni bilan

Kalonov Botir Hamzayeviç — Özbekiston Respublikasi prokuraturasi faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş jamoatçilik markazi raisi

«Mardlik» ordeni bilan

Yunusov Marat Erkinoviç — Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliğining birinçi örinbosari

«Döstlik» ordeni bilan

Razzoqova Gulçehra Narzullayevna — mazkur departamentning Toşkent şahar boşqarmasi katta inspektori

«Jasorat» medali bilan

Zaripov Jamşid Bahodiroviç — Jizzax viloyati prokuraturasi bölim boşliği

Mahmudov Murodbek Madiyoroviç — Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi

«Sodiq xizmatlari uçun» medali bilan

Ahmedov Bahriddin Tojiyeviç — Navoiy ixtisoslaştirilgan prokurori örinbosari

Raximov Ural Toşbuloviç — Samarqand viloyati Toyloq tumani prokurorining katta yordamçisi

Yunusov Bahodir Xoliyoroviç — Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani prokurori

«Şuhrat» medali bilan

Gaibbayeva Nigina Toirjonovna — Namangan viloyati prokuraturasi bölim boşliği

Qobulov Dilmurod Qobuloviç — Sirdaryo viloyati prokurori örinbosari