Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya YeIga Rossiya bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Jyeremi Xantning ma'lum qilishicha, Yevropa ittifoqini Solsberida «Novichok» moddasi bilan zaharlash holati yuz bergani tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalarini kuchaytirishga chaqirmoqchi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
Vazirning bayonotida ta'kidlanishicha, Britaniya tomoni Rossiya bilan muloqotdan bosh tortmayapti, biroq mamlakatning prezident Vladimir Putin davridagi tashqi siyosati dunyoni xavfli qildi, deb hisoblaydi.
«Bugun Birlashgan Qirollik o‘z ittifoqdoshlarini yanada oldinga borish haqida so‘ramoqda. Biz Yevropa ittifoqini uning Rossiyaga qarshi sanksiyalari keng qamrovli bo‘lishini hamda AQSh bilan haqiqatdan ham yelkama-yelka turishimizni ta'minlashga chaqiramiz», - deyiladi vazirning nutqida.
Uning aniqlik kiritishicha, Birlashgan Qirollikning iltimosi Moskvani birgalikda tanqid qilish, shuningdek, Rossiya tomoni aloqador bo‘lgan qonunbuzilishlarga yagona reaksiya bildirishni nazarda tutadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml AQSh sanksiyalari bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqqandi.
Mavzuga oid
10:15
Rossiya chet el fuqarolari uchun tibbiy ko‘rik qoidalarini kuchaytirdi
09:00
Rossiyaning ommaviy hujumi: Kiyevda 4, Xarkivda 5 kishi halok bo‘ldi
08:59
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
19:31 / 14.06.2026