Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalari butun xalqaro savdoga putur yetkazishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Foto: RIA Novosti

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kremlda «katta e'tibor» bilan sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini o‘rganib chiqdilar.

«Bizning fikrcha, bu xalqaro huquq nuqtai nazaridan noqonuniy va nodo‘stona harakatlarning davom etishi», - dedi Peskov. U Rossiya rejalashtirilgan yangi cheklovlarga qanday munosabatda bo‘lishi haqidagi savolga javob bergan.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, «bunday cheklovlar, albatta, butun xalqaro savdoga yomon ta'sir qiladi».

Shu bilan birga, u Kremlning javob reaksiyasi masalasida shoshilinch xulosa chiqarmaslikka chaqirdi.