Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada qiruvchi samolyot qush bilan to‘qnashib ketib halokatga uchradi
Shvetsiyaning Saab kompaniyasiga qarashli Jas 39 Gripen qiruvchi samolyoti qush bilan to‘qnashish oqibatida qulab tushdi. Bu haqda Shvetsiya qurolli kuchlari ma'lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Hodisa 21 avgust, seshanba kuni yuz bergan. To‘rtinchi avlod qiruvchisi Bleking viloyatidagi F17 uchish maydonida qush bilan to‘qnashgan va o‘rmonga qulagan.
Uchuvchi samolyotni tark etishga ulgurgan. U shifoxonaga olib borilgan.
Shvetsiya transport boshqarmasi tahliliy bo‘limi boshlig‘i Sharlott Bilgrenning aytishicha, samolyotlarning qushlar bilan to‘qnashuvi tez-tez kuzatiladi. Statistikaga ko‘ra, yiliga 400ga yaqin to‘qnashuv sodir bo‘ladi.
«Lekin samolyotning bu darajada shikastlanishi kamdan-kam uchraydigan hol», — dedi u.
Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ekspertlar samolyotning texnik holatini o‘rganishmoqda.
Mavzuga oid
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026
Shvetsiyadan 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
20:07 / 27.04.2026