Aziz Abduhakimov "Frantsuz Alyansi"ning mintaqaviy direktori bilan uchrashdi
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov O‘zbekiston delegatsiyasining Fransiyaga tashrifi doirasida "Frantsuz Alyansi"ning Markaziy Osiyodagi ishlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Mikael Fuente bilan uchrashdi. KUN.UZ hukumatdagi manbasiga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Muzokaralar davomida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta'lim sohasidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekistonda oliy ta'lim sifatini oshirish masalasiga ham alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalarida fransuz tili kafedralarini ochish, fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan maktablar sonini oshirish va respublika ta'lim muassasalarida fransuz tilini o‘qitish soatlarini oshirish masalalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, fransuz tiliga oid o‘quv materiallarini ishlab chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni faollashtirishga qiziqish bildirishdi. Bunda Toshkent shahrida Fransiya madaniyat markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasiga alohida e'tibor qaratildi.
Mavzuga oid
13:48
Jahon banki vakili O‘zbekistonning COP29’dagi pavilyoni bilan tanishdi
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024