Kvadrosikl o‘t o‘chiradi
Yil boshida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan yong‘inlarni oldini olish, fuqarolarning hushyorligini oshirish maqsadida “Targ‘ibot avtobusi” tashkil etilgan edi. Tashqi ko‘rinishi va ichki jihozlari yong‘in xavfsizligi targ‘ibotiga moslashtirilgan avtobus o‘tgan davr mobaynida yuzlab korxona, tashkilot, muassasalar, aholi ko‘p to‘planadigan maskanlarda bo‘lib, minglab insonlarning bu sohadagi bilimlarini shakllanishiga xizmat qildi.
-Maqsadimiz – yong‘inlarning oldini olish. Targ‘ibot ishlarining samarali usullaridan foydalanib, axborot texnologiyalarining ilg‘or vositalaridan tashqari an'anaviy usulga ham murojaat qildik, - deydi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Jasurbek Karimov. - Ogohlantiruvchi shiorlar, yong‘inlarning kelib chiqish sabablari va salbiy oqibatlari aks ettirilgan ko‘rgazmalar, yong‘in o‘chirish anjomlari, o‘t o‘chiruvchilarning kiyimlari va ish qurollari bilan jihozlangan avtobus fuqarolarni hushyorlikka chorlaydi.
Navbatdagi innovatsion g‘oya tezkor yong‘in o‘chirish kvadrosikl bo‘ldi. Noqulay yo‘llardan qiyinchiliksiz o‘tib ketadigan va tirbandliklarni pisand qilmaydigan ushbu texnikaga “Uz Dong Yang Ko” qo‘shma korxonasi mutaxassislari bilan astoydil ishlov berildi. U 100 litr xajmli suv sig‘imi, kichik motopompa, 16 metr shlang, mobil aloqa vositasi, ovoz kuchaytirgich, sirena bilan jihozlandi. Bundan tashqari ko‘rinadigan joylariga yong‘indan ogohlantiruvchi bannerlar o‘rnatildi.
“Yong‘in o‘chirish patruli” deb nomlangan texnikada korxona, tashkilot yoki maxsus mashinalar kirish, o‘tishi mushkul bo‘lgan yashash xonadonlaridagi yong‘inni dastlabki bosqichda bartaraf etish imkoniyati mavjud. Hududda patrul xizmatini tashkil qilish, aholi, ishchi-xizmatchilar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish vazifalari ko‘zda tutilgan.
“GM-Uzbekistan” yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hamkorligida 2 ta yangilik joriy qilindi. Ular haqida boshqarma boshlig‘i Abdug‘ani Avazov quyidagilarni gapirib berdi:
-Korxonada olovli ishlar olib borish vaqtida 1 ta jangovor texnika va 5 ta shaxsiy tarkib jalb etilar edi. Ushbu innovatsion g‘oya asosida jihozlangan ”Elektr tyagach” shassesidagi “Nazoratchi inspektor” maxsus texnikasida navbatchilikni tashkil etish, dozor xizmati yo‘nalishida harakatlanish va targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish mumkin. Korxonada 29 ta yer osti gidrantlari va 200 dan ortiq ichki suv quvurlari bo‘lib, ushbu texnika tirkamasiga dastak, 3 yoqlama va 2 tarafli suv o‘tkazgich, yong‘in o‘chirish yenglari, kukunli yong‘in o‘chirgich, kigiz, qum va boshqalar biriktirilgan. Bundan tashqari mobil aloqa vositasi, sirena, ovoz kuchaytirgich, yoritgich, ogohlantiruvchi va taqiqlovchi targ‘ibot bannerlari bilan jihozlangan. Bu bilan ortiqcha kuch va vositalarsiz olovli ishlar ketayotgan hududni nazorat qilish hamda ishchi-xizmatchilar o‘rtasida yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha tashviqot ishlarini tashkil qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shu kunga qadar yong‘inlar bartaraf etilganidan so‘ng yenglarni o‘rash va uning ichida qolib ketgan suvni to‘kish ko‘p kuch va vaqt talab etgan. Mutaxassislarimiz yaratgan “Ko‘makchi” moslamasida bu vazifani bir kishi qisqa fursatda bajarishi mumkin. Shuningdek, yarim gaykani sim bilan o‘rash vazifasi ham mavjud.
Eng ulug‘, eng aziz bayramimizga ana shunday yangiliklarni tuhfa etgan jamoaga hukumatimiz tomonidan ham keng imkoniyat va shart-sharoitlar yaratilmoqda. Yaqin kunlar ichida boshqarmaga bo‘ysunuvchi texnika xizmatining 3-harbiylashtirilgan qismida 351 million, boshqarma binosida 380 million so‘mdan ortiq qurilish, ta'mirlash ishlari olib borildi. Moddiy texnika bazasi rivojlantirildi.
Yangi ko‘rinishdagi boshqarma binosi va inovatsion texnikalarning taqdimot marosimiga bosh boshqarma mutasaddilari, faxriylar, yong‘in xavfsizligi xodimlari, xizmat vaqtida halok bo‘lganlarning oila-a'zolari tashrif buyurdi. Yong‘inlarning oldini olish va o‘t o‘chirishda fidoiylik ko‘rsatganlarga yangi unvonlar berildi. Nafaqa yoshiga yetganlarga va xizmat vaqtida xalok bo‘lganlarning onalariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, Shahrixon tumani yong‘indan muxofaza qiluvchi 4-harbiylashgan yong‘in xavfsizligi qismiga “ISUZU” ATs rusumli yong‘in o‘chirish avtomobili biriktirildi. Mutaxassislar tomonidan yaratilgan texnikalarning ishlash jarayonlari namoyish etildi.
- Andijonda doimo intilish, izlanish, yangilik yaratish bilan mashg‘ul bo‘lgan kishilarni ko‘ramiz, - dedi tadbirda so‘zga chiqqan respublika yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ravshanbek Jo‘rayev. – Bugun taqdim etilganlarning barchasi mana shu ijodkor, Vatan taraqqiyotiga befarq bo‘lmagan fidoiy insonlarning mehnat mahsulidir.
Viloyat mutasaddilari hamda so‘z olganlar bu kabi ishlar davom etishi, sohani rivojlantirish, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, mol-mulkini himoya qilish yo‘lida yanada keng qamrovli ishlar olib borilishi haqida gapirdilar.
Azizbek YoRQULOV,
Murodjon TO‘XTANAZAROV.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada ijaraga berilgan kvartiradan to‘rt nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi
Jahon | 23:04
-
Bloomberg Xitoyning AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish shartlaridan xabar topdi
Jahon | 23:01
-
Toshkentda yo‘l talashgan Spark haydovchisi temir bilan Matiz haydovchisini urdi
Jamiyat | 22:28
-
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50
Mavzuga oid

15:45 / 30.11.2023
FVV va Adliya vazirligi soxta «pojarniy»lardan ogohlantirdi

13:28 / 30.07.2022
“Yong‘in doim kutilmaganda boshlanadi” - olov ichida 14 yil ishlagan o‘t o‘chiruvchi

15:29 / 18.01.2021
Aholi xonadonlari is gazini barvaqt aniqlaydigan gazoanalizatorlar bilan ta'minlanadi

08:07 / 30.10.2020