Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya sinov vaqtida dengizga qulagan yadro qurilmali raketani suv tubidan tortib chiqarmoqchi
Rossiya hukumati 2017 yil noyabrda sinov vaqtida Barents dengiziga qulagan energetik yadro qurilmali raketani suv ostidan tortib chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Amerika maxsus xizmatlari hisoboti bilan tanish manbaga asoslanib CNBC telekanali xabar berdi.
Telekanalning bildirishicha, operatsiyada uchta kema qatnashadi, kemalardan biri radioaktiv materiallar bilan ishlash uchun maxsus qurilma bilan jihozlangan. Operatsiyaning aniq muddati hozircha aniq emas.
CNBC may oyida Amerika razvedkasiga tayanib Rossiya 2017 yil noyabrdan 2018 yil fevraliga qadar yadro qurilmali to‘rtta yangi raketani sinovdan o‘tkazganini, sinovlarning barchasi muvaffaqiyatsiz yakunlanganini xabar qilgandi. Xabar qilinishicha, eng muvaffaqiyatli urinishda raketa havoda ikki daqiqa parvoz qilib, 35 kilometr masofani bosib o‘tgan. Shundan so‘ng u nazoratdan chiqib ketgan va dengizga qulagan.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026