Jahon | 15:08 / 23.08.2018
30957
1 daqiqa o‘qiladi

IShID yetakchisining bir yil ichidagi birinchi ovozli xabari paydo bo‘ldi

Foto: REUTERS

Ba'zi ommaviy axborot vositalari IShID terrorchilik guruhining yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy nutqi yozib olingan audioyozuvni tarqatdi. Bu haqda Reuters yozmoqda.

Yozuv 55 daqiqa davom etadi. Unda IShID tarafdorlariga so‘nggi mag‘lubiyatlarga qaramay, kurashni davom ettirish hamda Yevropada teraktlar sodir etish haqida chaqiriq bor. Shuningdek, musulmonlar yilning eng asosiy bayrami - Qurbon hayiti bilan tabriklangan.

Ta'kidlanishicha, bu aniq al-Bag‘dodiyning ovozi ekanini tasdiqlashning iloji bo‘lmagan, shuning uchun ovoz al-Bag‘dodiyga tegishli ekani - noma'lum. So‘nggi bor IShID yetakchisining shunday ovozli xabari 2017 yil sentabrida paydo bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IShID yetakchisi al-Bag‘dodiy og‘ir yaralangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid