Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Ukraina armiyasi haqida bayonot bilan chiqdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, mamlakat armiyasi Yevropadagi eng kuchlilardan biriga aylanadi. Bu haqda «Izvestiya» prezidentning NewsOne telekanali efiridagi so‘zlariga asosan xabar bermoqda.
Poroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda Ukraina hukumati NATOning barcha talablariga javob berish uchun qurolli kuchlar tizimini butunlay qayta qurmoqda. Shuningdek, u Rossiya hukumati vakillariga murojaat qilib, ular «bizning davlatimizning yevroatlantik integratsiyasi»ni to‘xtata olmasligi haqida aytgan.
«Bizning armiya Yevropadagi eng kuchlilardan biri bo‘ladi, chunki ukrainlar bugungi kunda nima uchun kurashayotganlarini aniq bilishadi», - dedi Poroshenko.
Shu bilan birga, u bu maqsadga erishish uchun «juda ko‘p ish» qilish kerakligini ta'kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina bosh prokurori Poroshenkoning asosiy kamchiligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026